Yangiliklar

ISLOHOTLAR AMALDA!

24 ta tavsiyada belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tomonidan ta’lim muassasasida kunning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda dual ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilarni tegishli tashkilotlarga biriktirish, har bir o‘quvchining mehnat bandligini ta’minlash, biriktirilgan yoshlarning amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish va nazorat qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, ijro va mehnat intizomiga rioya etish, ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Deputat Dilafruz Qurbonova tomonidan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni kasbga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2