35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

24 Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Xojiakbar Xolmatov tashabbusi bilan Andijon shahar bolalar shifoxonasi xodimlari ishtirokida suhbat tashkil etildi.

Muloqot davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash, tibbiy xizmatlarning samaradorligini oshirish hamda aholi, ayniqsa, bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, turli kasalliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, kasalliklarni erta aniqlash va fuqarolarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda aholining tibbiy madaniyatini oshirish va profilaktika yo‘nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2