Yangiliklar

«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Ibragimov Yu. tomonidan Qo‘shchinor mahallasida istiqomat qiluvchi keksalar bilan uchrashuv va suhbat tashkil etildi.

🤝Uchrashuv davomida fuqarolarga pensiya va nafaqalarni tayinlash, to‘lash tartibi, mavjud imtiyozlar hamda ijtimoiy ta’minot masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✍️Shuningdek, keksalarning murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️Qonunchilik asosida: Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni hamda davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

✅Deputatlik nazorati doirasida aholi, xususan, keksalarning murojaatlarini o‘rganish, ularning huquqiy xabardorligini oshirish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1