35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Fuqarolar bilan ochiq muloqot

Fuqarolar bilan ochiq muloqot

Novqa mahalla fuqarolar yig‘inida tuman Kengashi kotibiyat mudiri B. Amanov hamda tuman Kengashi deputati X. Saidova ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularni qonuniy tartibda hal etish hamda fuqarolar murojaatlariga e’tiborni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi va vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, joylardagi muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2