Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi deputatlari
G. Azimova, D. Musayeva va M. Murtazoyeva Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Musabayev Erkin Isakovich bilan uchrashuv va suhbat o‘tkazdilar.
🔬Muloqot davomida inson papillomavirusi (HPV) va boshqa onkoviruslar, ularni o‘rganish, erta aniqlash, profilaktika va aholining tibbiy xabardorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
🧪Shuningdek, virusologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy laboratoriya diagnostikasi va yuqumli kasalliklarning oldini olishda ilmiy yondashuvning ahamiyati haqida fikr almashildi.
📋Suhbatda O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Mazkur qonun sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
🏥Shuningdek, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunda profilaktik tibbiy tadbirlar va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlar belgilangan.
🤝Uchrashuv yakunida sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy muassasalar va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, profilaktika masalalarida aholining xabardorligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan fikrlar bildirildi.
Bizni kuzatishda davom eting!