35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

VIRUSOLOGIYA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI 👇🏻👇🏻👇🏻

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi deputatlari G. Azimova, D. Musayeva va M. Murtazoyeva Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, inson papillomavirusi (IPV) va boshqa onkoviruslarni o‘rganish bo‘yicha maxsus bo‘lim faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🧪Tashrif davomida deputatlar laboratoriyaning faoliyati, viruslarni aniqlash va o‘rganish yo‘nalishlari, zamonaviy laboratoriya uskunalari hamda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdilar.

👩‍🔬Shuningdek, mutaxassislar tomonidan onkoviruslarni o‘rganish, ularning oldini olish va aholi o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirishning ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.

🤝Tashrif yakunida sog‘liqni saqlash sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, profilaktika va aholining tibbiy xabardorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4