Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Yem Aleksandr tomonidan “Uvaуsiy” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi.
👥Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
📖Muloqot jarayonida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445, 11.09.2017-yil) mazmun-mohiyati va fuqarolarning murojaat qilish huquqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.
🔎Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ularni qonuniy tartibda hal etish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🤝Aholi bilan ochiq muloqot, murojaatlarni o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting!