35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengash_faoliyati

#kengash_raisi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Fuqaro_muamosi

✅Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Navro'z" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘rganildi

✅Bandixon tumanida aholi farovonligini ta’minlash, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining raisi, 18-“Navro'z” saylov okrugidan saylangan deputat E.Jurayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov Navro'z mahallasiga tashrif buyurib,, uyma-uy yurgan holda aholi murojaatlarini o‘rgandilar.

✅Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda kommunal-infratuzilma holati xonadonbay tahlil qilindi.

✅Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha masalalar ro‘yxatga olinib, ularni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 1