🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi, 2-Boyrachi saylov okrugi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov Bog‘bon MFY raisi bilan birgalikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan, davlat ta’minotidagi nogironligi bo‘lgan fuqaro R.D.ning oilaviy va ijtimoiy holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida fuqaroning mavjud sharoiti, ehtiyojlari hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan zarurati ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan ehtiyojlar yuzasidan tegishli yordam va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.