35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

📌 ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi, 2-Boyrachi saylov okrugi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Bog‘bon mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish borasida mahalla hokim yordamchisi K. O‘rozovning faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.