35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

SHODLIK MAHALLASIDAGI BEKAT HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Shodlik mahallasidagi jamoat transporti bekatining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bekatning yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlari, hududning obodonlashtirilganlik holati hamda aholiga qulaylik yaratish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Ayniqsa, yog‘ingarchilikli va sovuq kunlarda fuqarolarning jamoat transportini kutishi uchun qulay va himoyalangan sharoit yaratilgani ijobiy baholandi.

Deputatlik nazorati doirasida mahallalarda aholining kundalik ehtiyojlarini o‘rganish, mavjud infratuzilmani yaxshilash va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar holati joyida o‘rganilmoqda.

Slide 1 of 3