35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#Deputat_faoliyati

#Deputat_faoliyati

Tuman Kengashi deputati Sh. Muratov 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, mazkur ta’lim muassasasining sport maydonidan mahalla aholisi, xususan, bolalar va yoshlarning foydalanish holatini o‘rgandi.

🔹 O‘rganish davomida sport maydonining bugungi holati, undan foydalanish imkoniyatlari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🔹 Deputat tomonidan sport maydonidan samarali va keng foydalanishni ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda aholi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔷Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla aholisi va yoshlar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, mavjud sport infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 4