#Deputat_nazorati
♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati N.Bayzakova tomonidan 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
♻️O‘rganish davomida muassasadagi tozalik-ozodalikka rioya qilish, hudud va xonalarni sanitariya talablariga muvofiq saqlash hamda bolalar uchun zarur sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar aniqlandi.
♻️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirishlar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.