35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputatlar tomonidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

📱 BO‘STON MAHALLASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

⌛️ Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining 18-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat A. Sobirov tomonidan Yangi O‘zbekiston qiyofasiga kirib borayotgan Bo‘ston mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi.

🛣 O‘rganish davomida Bo‘ston MFY hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari boshlanganligi ham kuzdan kechirildi. Mazkur ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🚶‍♂️ Shuningdek, dastur doirasida ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bir qatorda yo‘l chetlarida piyodalar yo‘laklarini barpo etish ishlari ham rejalashtirilgani qayd etildi.

🏗 Amalga oshirilayotgan loyihalarning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi, qurilish-ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatlarda bajarilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunida mas’ullarga ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida yakunlash, piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning borishi deputat tomonidan nazoratga olinib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganib boriladi.

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi

Slide 1 of 1