#Yoshlar_maslahat_guruhi_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Boboqozoqov Diyorbek tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatchilikning oldini olish maqsadida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyaning ustuvor maqsadlari haqida o‘quvchilarga tushunchalar berildi.
📚 Xususan, yoshlar salomatligini asrash, giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan himoya qilish, narkojinoyatchilikning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌱 O‘quvchilarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va ta’lim bilan shug‘ullanish, turli zararli illatlardan yiroq bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Sog‘lom yoshlar — sog‘lom kelajak!