YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILDI
✔️ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashiga 1-Tuzbozor saylov okrugidan saylangan deputat H. Saidov tuman YPF xodimlari bilan hamkorlikda saylov okrugi hududida yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish va ularning yechimini belgilashga qaratilgan yig‘ilishlar o‘tkazdi.
✔️ Uchrashuvlar davomida mahallalardagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi, avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
✔️ Shuningdek, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotgan hududlar alohida ko‘rib chiqilib, bunday joylarda YTHlarning oldini olish va ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
✅ Yig‘ilishlarda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, aholi va piyodalar uchun qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab, amaliy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
🤝 Deputat va mutasaddi tashkilotlarning hamkorlikdagi o‘rganishlari aholi xavfsizligi bilan bog‘liq masalalarni joyida aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar belgilashga xizmat qiladi.