#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Fuqarolar murojaati o‘rganildi
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 11-Bag'rikeng saylov okrugi deputati J.Abdinazarov hamda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan “Bag'rikeng” mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolarining murojaati o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masalaning mazmun-mohiyati, mavjud holat hamda uni hal etish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Fuqaroning murojaati yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashilib, masalani qonuniy tartibda hal etish va amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Murojaatda ko‘tarilgan masalaning ijrosi nazoratga olinib, uning yakunlari bo‘yicha fuqaro belgilangan tartibda xabardor qilinishi ta’minlanadi.
✅ Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida