35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati B. Jabborov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida axborot xavfsizligini ta’minlash hamda o‘quvchi va xodimlarning kiberxavfsizlik borasidagi huquqiy savodxonligini oshirish holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ-764-sonli “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining ijrosi, axborot tizimlari va resurslaridan xavfsiz foydalanish, kiberxavflarning oldini olish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 1