35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida yoshlar siyosati va "Yoshlar daftari" ijrosi

            Xalq deputatlari Jalaquduq tumani Kengashining 21-sessiyasida Yoshlar ishlari agentligi Jalaquduq tumani bo‘limi boshlig‘i S.Sotvoldiyevning joriy yilning 24-avgustdagi 99-sonli xati to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Besh muhim tashabbus: Besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish jarayonlari ko‘rib chiqildi. "Yoshlar daftari" mablag‘lari: Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, har bir yoshning muammosini ijobiy hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan axborot berildi. Sessiya davomida deputatlar tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va mablag‘lar shaffofligini ta’minlash bo‘yicha қатор taklif va tavsiyalar bildirildi hamda tegishli qaror qabul qilindi. 

   

Slide 1 of 4