35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

19-BAND IJROSI YUZASIDAN: KUTUBXONA FAOLIYATI VA KITOBXONLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

O‘rganish davomida kutubxonada mavjud adabiyotlar fondi, kitoblarning joylashtirilishi va saqlanishi, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholining ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish borasidagi ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, kutubxonada badiiy, ilmiy-ma’rifiy va tarixiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari, yoshlar va kitobxonlarni mutolaaga keng jalb etish, kitob fondini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish masalalariga e’tibor qaratildi.

️ O‘rganish davomida mas’ullar bilan suhbatlashilib, kutubxona xizmatlari sifatini oshirish, kitobxonlar uchun yanada qulay muhit yaratish hamda aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kutubxonaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.

️ Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2