35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

QONUN IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA

🔎 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati S. Allayorov tomonidan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-996-sonli Qonuni talablarining tumandagi 10-son maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotida ijro etilishi o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida qonun talablaridan kelib chiqib, bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda xavfsiz ta’lim muhitini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

💡 O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat tomonidan qonun talablarini to‘liq ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Qonun ijrosi — deputatlik nazoratida!
Telegram Instagram