Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
🔎 Sessiyaga tayyorgarlik doirasida Tuman Kengashi deputatlari tomonidan qarorda belgilangan vazifalar, xususan, 2026-yilda ishsizlik va migratsiya darajasini pasaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning ijrosi mahallalar kesimida o‘rganilmoqda.
📍 Jumladan, Tuman Kengashi deputati E. Mirzayeva tomonidan Ziyokor mahallasida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda mahalladagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi.
👥 O‘rganish davomida:
🔹 aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash;
🔹 ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash;
🔹 ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratilib, ulardan samarali foydalanish va ekin ekish imkoniyatlarini yaratish;
🔹 xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni munosib ish bilan ta’minlash;
🔹 fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilish orqali daromadli faoliyatga jalb etish;
🔹 tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.