35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

XO‘JA DONIYOR MFY HUDUDIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

O‘rganish davomida MFY raisi Oxunov Rofe’ Ravshankulovich bilan birgalikda mahallada olib borilayotgan ishlar, hududdagi mavjud masalalar va aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, avvalgi Obi Rahmat mahallasi hududida, hozirgi Xo‘ja Doniyor MFY hududida qurilayotgan stadionga joyiga chiqilib, qurilish jarayonining borishi bilan yaqindan tanishildi.

Stadionda amalga oshirilayotgan ishlarning holati, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda kelgusida aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida ishlarni sifatli davom ettirish va mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.


️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 6