35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

5- VA 6-BANDLAR IJROSI YUZASIDAN: O‘RIKZOR MAHALLASIDA IJTIMOIY VA XOTIN-QIZLAR YO‘NALISHIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli Shomurodova Malohat bilan mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish, ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalardagi muammolarni barvaqt aniqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim Bexruz To‘xtamurodov bilan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, fuqarolarga ijtimoiy yordam va xizmatlarni manzilli tashkil etish hamda murojaatlar bilan ishlash holati muhokama qilindi.

️ Suhbat davomida mas’ullarga o‘z vakolatlari doirasida ishlarni tizimli tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qonunchilikda belgilangan tartibda amaliy yordam ko‘rsatish muhimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Aniqlangan masalalarni hamkorlikda hal etish, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mahalla farovonligini ta’minlash, fuqarolar muammolarini birgalikda hal etish va hududni qo‘ldan kelgancha yanada obod hamda farovon qilish — umumiy vazifamiz ekani ta’kidlandi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2