35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Aholi xonadonlarida uchrashuvlar o‘tkazildi

Aholi xonadonlarida uchrashuvlar o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati M. Karimova G‘oyibon mahallasi “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda mahalla fuqarolari xonadonlarida bo‘lib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolarning daromadlari, kambag‘allik darajasi hamda ishsizlik bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi. Mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish yuzasidan zarur tavsiya hamda tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 964-son qarori — “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga doir faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati fuqarolarga tushuntirildi.

Slide 1 of 3