35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kengash_faoliyati

Quduqsoy o‘zgarayotganini ko‘ring: yana bir muhim loyiha amalga oshirilmoqda!

2026-yil Bandixon tumani Quduqsoy mahallasi uchun bunyodkorlik va o‘zgarishlar yili bo‘lmoqda.
Yillar davomida infratuzilmaga e’tibor talab etib kelgan Quduqsoy mahallasida bugun ko‘ngildagidek yangilanishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda og‘ir mahalla sifatida belgilangan hududning “Katta tut” ko‘chasidan 31-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi 1,2 kilometr yo‘l qismida asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar bilan tanishgan Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati,tuman hokimi Abdumalik Allamuradov jarayonlarni joyida o‘rgandi. Mas’ullarga yo‘lni sifatli asfaltlash, bajarilayotgan ishlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish va yangi yo‘l xalqimizga uzoq yillar xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi.

Quduqsoyda boshlangan bunyodkorlik ishlari mahalla qiyofasini yanada o‘zgartirib, aholi uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 18