35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Kunlik ish rejalari muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi mudiri A.Ashurov boshchiligida Kengash kotibiyati xodimlari R.Mamashukurov hamda A.Temirovlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Kengash faoliyati doirasida bugun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar hamda kun davomida olib boriladigan amaliy tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ish jarayonlarini samarali tashkil etish, deputatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda kun tartibidagi masalalarni tizimli ravishda amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Kun davomida amalga oshiriladigan ishlar yo‘nalishlar kesimida ko‘rib chiqilib, har bir vazifaning ijrosi bo‘yicha mas’ullar va bajarish tartibi kelishib olindi.

Yig‘ilish yakunida kunlik ish rejasi aniq belgilab olinib, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, ishlarni sifatli tashkil etish belgilandi.