35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

FUQAROLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
#Paxtakor_tumani_kengashi
#24_ta_masala_ijrosi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov hamda deputat K.Mamanova tomonidan Toshkent mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, hududdagi mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

🛣 Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalardan biri — mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash va ta’mirlash masalasi bo‘ldi. Shuningdek, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun bolalar o‘yingohi barpo etish zarurligi ham ta’kidlandi.

📌 Mazkur masalalar joyida o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ish olib borish va murojaatlarning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
Slide 1 of 1