35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlarining doimiy komissiyalar va biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati izchil davom ettirilmoqda.

📍 Shu doirada Kengash deputati O‘. Shukurov tuman Soliq inspeksiyasida bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔎 O‘rganish davomida soliq tushumlarini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, soliq qonunchiligi talablariga rioya etilishi hamda aholi va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.

📌 Shuningdek, hududda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 1