35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!

#Tabrik #Mustaqillik_muborak #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!

✨ Aziz yurtdoshlar!

🏛 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz, erkin va farovon hayotimiz uchun mustahkam poydevor yaratgan buyuk tarixiy ne’matdir.

🔄 Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, poytaxtimizning yanada obod va zamonaviy qiyofa kasb etayotgani, eng avvalo, tinchlik, hamjihatlik va xalqimizning fidokorona mehnati samarasidir.

🕊 Har bir xonadonda fayzu baraka, oilalarda baxt-u saodat, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin!

💐 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi yanada ulug‘ bo‘lsin!

🇺🇿 Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1