HAMKORLIK VA DEPUTATLIK NAZORATI
✔️Biriktirilgan tashkilotlar hamda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi o‘rtasidagi hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
📉Shu doirada xalq deputati D. Mardonova tomonidan tuman IIB qoshidagi Qo‘riqlash bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
📈O‘rganish davomida bo‘limning faoliyat yo‘nalishlari, mavjud sharoitlar, ish jarayonlari hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
🔽Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔼Bunday hamkorliklar deputatlik nazoratini kuchaytirish, tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish hamda hududda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.