Maktabdagi chiqindilarni olib ketish holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Niyozova tomonidan 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida chiqindilarni olib ketish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktab hududidan hosil bo‘layotgan chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilishi hamda sanitariya va obodonlashtirish talablari asosida ishlar tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish va hududning tozaligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.