35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Mahallada barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Mahallada barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 1-O'choqli saylov okrugi deputati Bayzakov Kozim Yusupaliyevich nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan tuman hududidagi Adolat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🛣O‘rganish davomida piyodalar yo‘lagi qurilishining amaldagi loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq olib borilishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilishi hamda obyektda mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

📌Shuningdek, mazkur obyekt aholi, ayniqsa maktab o‘quvchilari, nuroniylar va piyodalar uchun xavfsiz hamda qulay harakatlanish sharoitlarini yaratishdagi ahamiyati alohida ta'kidlandi. Shu bois qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi qurilish me'yorlari hamda standartlari asosida yakunlash zarurligi qayd etildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4