Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati, 23-Zarafshon saylov okrugi deputati F. Suyarov Chorbog‘tepa mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi ta’minoti loyihasi bilan tanishdi.
✅Qurilish jarayonida 1 ta yangi suv inshooti va 8,5 kilometr ichki suv tarmog‘i tortilishi belgilangan. Loyiha yakunlangach, mahalladagi qariyb 400 ta xonadon toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
✅Deputat tomonidan qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅Mazkur loyiha hudud aholisi uchun qulay sharoit yaratish, turmush farovonligini oshirish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.