O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSH Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qilgani mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganining muhim ifodasidir.
🔹Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda ikki tomonlama munosabatlarning yangi istiqbollarini belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani quvonarli. Ayniqsa, joriy yil boshidan O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo hajmining 20 foizga oshgani iqtisodiy hamkorlikda ijobiy dinamika mavjudligini ko‘rsatadi.
🔹Deputat sifatida ta’kidlash joizki, parlamentlararo muloqotning faollashuvi xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan yangi tashabbus va loyihalarni ilgari surishda muhim ahamiyatga ega. Bunday uchrashuvlar o‘zaro tajriba almashish, investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish va iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun mustahkam zamin yaratadi.
🔹Bugungi kunda O‘zbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosati natijasida AQSH bilan hamkorlik yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Ishonch va o‘zaro manfaat tamoyillariga asoslangan strategik sheriklik kelgusida yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonamiz.
Quvondiq Safarov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati