✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 3-Gulobod saylov okrugi deputati Nilufar Akramova tomonidan Uzunqishloq mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, jumladan:
✅erta turmush va uning salbiy oqibatlarini oldini olish;
✅xorijga mehnat migratsiyasiga ketgan ayollarni vatanga qaytarish;
✅xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish;
✅ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✈️Shuningdek, oilaviy nizolarni bartaraf etish va oilalar mustahkamligini ta’minlash maqsadida mahalla nuroniylari, otinoyilar hamda imom-xatiblar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
✈️Mazkur masalalar yuzasidan navbatdagi sessiyada tuman hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarining hisoboti doirasida o‘rganishlar olib borilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
✅Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalar mustahkamligini ta’minlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.