Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi kotibiyati mudiri X. Sultonov deputatlar ishtirokida mahallalarni kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
📋 Yig‘ilishda mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔎 Shuningdek, mavjud muammolarni manzilli o‘rganish, har bir mahalla kesimida natijadorlikni oshirish va deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
🤝 Maqsad — har bir mahallada bandlik va farovonlikni ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratish.