✔️Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashiga 12-Navzandak saylov okrugidan deputat Dilfuza Sanaevaga aholi xonadonlariga gaz ballonlarini yetkazib berish bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
✔️Deputat tashabbusi bilan mazkur masala o‘rganilib, aholi xonadonlariga gaz ballonlarini yetkazib berish ishlari tashkil etildi. Natijada fuqarolarning murojaati ijobiy hal qilinib, ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.