Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kengashning 24-“Abdurahmon Jomiy” saylov okrugi deputati A.Tog‘amuradov okrugiga qarashli “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘lib, mahalla boshqaruvi va “mahalla yettiligi” faoliyatini belgilangan vazifalar asosida o‘rgandi.
🔹 O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, muammolarni aniqlash va hal etish, obodonlashtirish, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish, kommunal xizmatlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlaridagi ishlar tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, mahalla raisining aholi murojaatlari bilan ishlashi, jamoatchilik nazoratini tashkil etishi, hududni obod va farovon qilish, mahallani kambag‘allik, ishsizlik va jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish borasidagi vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish yakunlari navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala doirasida tahlil qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantiriladi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida nazorat va amaliy faoliyatni davom ettiradi.