Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Varapaeva Natalya Viktorovnaga “Yangi bog‘” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan murojaat kelib tushdi.
📝Murojaatni atroflicha o‘rganish maqsadida deputat fuqaroning xonadoniga shaxsan tashrif buyurib, uning muammolari va murojaatida ko‘tarilgan masalalar bilan bevosita tanishdi.
🗣️Suhbat davomida fuqaroning murojaati tinglanib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Fuqaroga e’tibor va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
📝Murojaatda ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va hal etilishi deputatlik nazoratiga olindi.
👥Fuqarolar murojaatlarini xonadonbay o‘rganish — ularning muammolarini bevosita joyida aniqlash va amaliy yechim topishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.