35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🤝 Deputat va tashkilot hamkorligi mustahkamlanmoqda

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-Katta hayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Sherobod tuman bo‘linmasiga tashrif buyurildi.

📍 Tashrif davomida deputat va tashkilot vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’naviy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan masalalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬 Uchrashuvda kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar, hamkorlikdagi tadbirlar va ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashilib, o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olindi.

🤝 Deputatlar va davlat hamda jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik hududlarni rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5