35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat nazorati doirasida "Xufar" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Deputat nazorati doirasida "Xufar" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 3-Chrag‘on saylov okrugidan saylangan deputati M.Zaripova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tomonidan "5-Guliston" okrugi deputati S.Asadov saylov hududidagi "Xufar" mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 41-bandi ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlarning holati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, ijtimoiy soha obyektlari hamda jamoat joylari atrofini obod qilish, sanitariya-tozalik holatini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholi bandligini ta'minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta'minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va davlat dasturlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish holati yuzasidan ham o‘rganish olib borildi. Bu borada mutasaddi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, mas'ul tashkilotlar vakillari hamda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlari samaradorligini yanada oshirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush darajasini yuksaltirish hamda fuqarolar uchun qulay yashash muhitini yaratish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, deputatlik nazorati qonun hujjatlarining joylarda ijrosini ta'minlash, davlat dasturlarining samaradorligini oshirish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois deputatlik nazorati tadbirlari hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 3