35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

🏛Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan tuman Axborot-kutubxona markazining faoliyati, mavjud imkoniyatlari hamda foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.

📚Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Axborot-kutubxona markazi fondida jami 14460 nusxa kitob va boshqa adabiyotlar mavjud bo‘lib, ushbu fond zamon talablari asosida muntazam ravishda boyitib borilmoqda. Jumladan, kitob fondi har chorakda yangilanib, yangi nashrlar bilan to‘ldiriladi.

👥Markaz xizmatlaridan foydalanayotgan kitobxonlar soni 7229 nafarni tashkil etadi. Foydalanuvchilarga qulay sharoit yaratish, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 5