35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyatining vazifalari ijrosini ta'minlash hamda hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan xabardor bo'lish maqsadida amaliy o'rganishlar davom etmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining doimiy komissiya raislari Sh.Raxmonov, D.Abdunazarova hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh.Ergashevalar 13-“Mustaqillikning 22 yilligi” saylov okrugiga kiruvchi Beshkapa MFYda bo'lishdi.

O'rganishlar davomida ular mazkur mahalla fuqarolar yig'ini raisining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish barobarida, Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan hamatroflicha o'rganishlar olib borilib, tegishli tavsiyalar berildi.