🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDep partiyasidan 9-Yo'ltushgan saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Boritovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq o‘rganish ishlari olib borildi.
❇️Jumladan, tumandagi Kattatepalik MFY xotin-qizlar faoli M. Ibragimova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o‘rganildi.
📝O‘rganish jarayonida 2026-yilning yanvar–mart oylari holatiga ko‘ra:
📌 Ayollar reyestrida 109 nafar xotin-qizlar ro‘yxatga olinganligi,
📌 uy-joy ta’miriga muhtoj 1 ta holat aniqlanganligi,
📌 4 nafar xotin-qizga kredit ajratilganligi,
📌 2 nafar ayol ishga joylashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.
✅O‘rganish jarayoni yakunida deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.