35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Yo‘llardan foydalanish korxonasi faoliyati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Z.Dovlatov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P.Rahmonov tomonidan "Tuproqqal’a tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi" davlat muassasasida joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazildi.

🛣 O‘rganish davomida korxonaning asosiy faoliyati, mavjud muammo va ehtiyojlari, yo‘l infratuzilmasini saqlash hamda ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etishda deputatlik nazoratini kuchaytirish, mutasaddi tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.