Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S.Ahmedov tomonidan "SPACE-S" MCHJ (lift, eskalator va gidravlik ko‘targichlar ishlab chiqarish korxonasi) faoliyati hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi "Samarali deputat nazorati" rejasiga muvofiq joyida o‘rganildi.
🏭 O‘rganish davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, yangi ish o‘rinlarini yaratish, investitsiya loyihalarining ijrosi va hududni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, korxona faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.