35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

 Aholi murojaatlari asosida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati tomonidan “Xo‘tanariq” kanalining ekologik va sanitariya holatini o‘rganish yuzasidan deputat so‘rovi kiritildi.

O‘rganish davomida “Sanoat”, “Ilg‘or” va “Xursandlik” MFYlari hududidan oqib o‘tuvchi kanalga oqova suvlar tashlanishi, natijada noxush hid va sanitariya holati bilan bog‘liq masalalar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Deputat so‘rovi orqali kanal holatini joyiga chiqib o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Slide 1 of 2