Yangiliklar

Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning "G‘azalkent” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

🔺Fuqarolar tomonidan asosan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minoti masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔺Shuningdek, tezkor hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilinishi va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar ijrosi deputat nazoratida ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 2