Hisobotda tumandagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan kiberjinoyatlar holati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, jinoyatchilikni kamaytirish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va bu boradagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi hamda masalani xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida koʻrib chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.